| description | (AIJavhar) Javohir Boyaliyev |
|---|
Endi esa LIMIT operatori haqida gaplashamiz. LIMIT bizga biz so‘ragan miqdordagi ma’lumotlarni bizga taqdim qilish uchun ishlatiladi. Deylik, bizda ilgari yaratilgan va ba‘zi ma‘lumotlar bilan to‘ldirilgan Products nomli jadvalimiz bor:
Endi esa biz jadvalimizda mavjud bo‘lgan hamma ma’lumotlarni emas, istaganimizchanisinni chiqarishni harakat qilib ko‘ramiz. Bunda bizga LIMIT yordamga keladi :) Bizda mavjud bo‘lgan ma’lumotlarning ro‘yxat boshidan 3 ta donasini chiqarishni istadik:
SELECT * FROM Products
ORDER BY ProductName
LIMIT 3; Endi masalaga boshqacha yondashib ko‘rsak. Bizga ro‘yxat boshidan emas aniq bir pozitsiyasidan keyin bir qancha ma’lumotlar kerak bo‘lib qoldi desak. Bu yo‘sinda masalaning yechimi OFFSET operatori hisoblanadi.
{% hint style="info" %} OFFSET – qaysi o‘rindan boshlab SELECT qilishni ko‘rsatish uchun foydalaniladi! (yoki LIMIT) {% endhint %}
Demak, ro‘yxatimizning birorta o‘rnidan boshlab biz so‘raganchalik ma’lumotlarni chiqarishni ko‘ramiz:
SELECT * FROM Products
LIMIT 3 OFFSET 2;Agar bizga ma’lum miqdordagi ma’lumotlar emas, balki o‘sha o‘rindan boshlab ro‘yxat oxirigacham ma’lumotlar kerak bo‘lsa, u holda:
SELECT * FROM Products
ORDER BY ProductName
OFFSET 2; Yoki, LIMIT dan keyin ALL kalit so‘zi yozish orqali amalga oshadi:
SELECT * FROM Products
ORDER BY ProductName
LIMIT ALL OFFSET 2; 


